Samarqandda elektromontyor simyog‘ochdan yiqilib halok bo‘ldi

Samarqandda elektromontyor simyog‘ochdan yiqilib halok bo‘ldi

Samarqand viloyati Paxtachi tumanida elektromontyor simyog‘ochdan yiqilib vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Kecha, 16 fevral kuni soat taxminan 18:00larda Paxtachi tumani Elektr tarmoqlari korxonasida elektromontyor bo‘lib ishlovchi 1981 yilda tug‘ilgan fuqaro B.S. “Tadbirkor” MFY hududida yog‘och simyog‘ochga chiqib, elektr energiyasida vujudga kelgan nosozliklarni bartaraf etish vaqtida yiqilgan. Oqibatda elektromontyor vafot etgan.

Ushbu kunning o‘zida tuman elektr ta’minoti tomonidan xodimlar bilan o‘tkazilgan xavfsizlik qoidalariga rioya qilish bo‘yicha yuritilgan hujjatlar tegishli tartibda olingan.

Bugun marhumning jasadi sud-tibbiy ekspertizasidan o‘tkazilgan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.