Prezident farmoni (PF-34-son, 07.02.2024 y.) bilan “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini taʼsis etish boʻyicha takliflarni qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi Farmonga oʻzgartirish kiritildi.
Unga koʻra, endilikda axborot texnologiyalari yoʻnalishida alohida yutuqlarga erishgan iqtidorli xotin-qizlar Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanadi.
Shuningdek, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi huzurida jamoatchilik asosida faoliyat koʻrsatishi hamda unga Bosh vazir oʻrinbosari – Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi rahbarlik qilishi belgilandi.
Bundan tashqari, mukofotini olish uchun talabgorning soʻnggi 3-yil mobaynidagi ibratli faoliyati, taʼlim, fan, adabiyot, madaniyat, sanʼat, sport, axborot texnologiyalari sohalari va jamoatchilik faoliyatidagi alohida yutuqlariga oid hujjatlar taqdim etilishi belgilandi. (Ilgari 2-yil edi)