Qarorga koʻra, 2024/2025 oʻquv yilidan:
— tibbiyot OTMlarining 200 nafar bitiruvchisi magistratura va klinik ordinatura dasturlari asosida yetakchi xorijiy OTMlar va markazlarda oʻqitiladi;
— tibbiyot OTMlarining bitiruvchi kurs talabalarida oilaviy shifokor uchun talab etiladigan klinik koʻnikmalarni shakllantirish maqsadida koʻp tarmoqli tibbiyot tashkilotlarida ish haqi toʻlanadigan internatura tashkil etiladi;
— Toshkent tibbiyot akademiyasining taʼlim dasturlari xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkaziladi;
— tibbiyot yoʻnalishidagi OTM talabalarining bilimlari ikki bosqichli baholash tizimi asosida baholanadi.
Quyidagi magistrlik yoʻnalishlari joriy etiladi hamda har yili kamida 150 nafar mutaxassislarni davlat buyurtmasi asosida tayyorlash choralari koʻriladi:
— “Jamoat salomatligini tashkil etish va boshqarish” (Public Health and Healthcare Management);
— “Jamoat salomatligi: epidemiologiya va maʼlumotlar tahlili” (Public Health: Epidemiology and data science/data analytics);
— “Jamoat salomatligi: ovqatlanish” (Public Health: Nutrition);
— “Profilaktik tibbiyot” (Preventive Medicine);
— “Jismoniy faollik va reabilitatsiya” (Physical Activity and Rehabilitation).