Qozog‘istonda elektrosamokat, moped, skuter haydovchilari uchun yo‘l qurish masalasi ko‘rib chiqilyapti, deya ma’lum qildi Qozog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Ma’muriy politsiya qo‘mitasi raisi Qaysar Sultanbayev.
– Yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi. Bungacha moped, elektrosamokat va skuter haydovchilariga qo‘yiladigan talablar yanada qattiqlashishi aytilgandi, – deydi u Markaziy kommunikatsiyalar xizmati maydonida o‘tkazilgan matbuot anjumanida. – Endi bu qonun bilan tartibga solinadi. Ish faqat profilaktik harakatlar, aksiyalar bilan cheklanmaydi, yo‘l harakati qoidalarini buzgan shaxslar javobgarlikka tortiladi.
Hamkorimiz “Kazinform” xabar berishicha, samokat va skuterlarni ijaraga beradigan tashkilotlar bilan hamkorlik qilinmaydi. Ular “GPS” orqali boshqariladi va texnikalarda harakat tezligini cheklash funksiyasi ham mavjud.
Elektr skuterlar harakatining maksimal tezligi soatiga 6 kilometrni tashkil etishi aytildi. Shuningdek, vazirlik vakili samokatlarni qo‘yadigan joy muammosi ham ko‘rib chiqilganini ma’lum qilgan.