WEF veb-saytida e’lon qilingan tadbir dasturiga ko‘ra, 16-yanvar kuni Shveysariyaning Davos shahrida bo‘lib o‘tadigan Jahon iqtisodiy forumida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy shaxsan nutq so‘zlaydi.
14-yanvar kuni Davosda Ukraina “tinchlik formulasi” bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Ushbu yig‘ilishda 100 dan ortiq mamlakatlar ishtirok etishga taklif qilingan. Ammo ularning qanchasi taklifni qabul qilgani noma’lum. Umuman olganda, Ukrainaning “tinchlik formulasi” o‘nta banddan iborat, jumladan, Ukrainaning hududiy yaxlitligini tiklash va Rossiya qo‘shinlarini uning hududidan olib chiqish.