Zinaida Kovalevskaya asarlaridagi ustuvor mavzu yangi davr o‘zbek ayolining nafis qiyofasi bo‘lgan. Rassom impressionizm va realizm uslubida ijoq qilib, qizlarni turli ko‘rinishlarda – dala yumushlarida, velosiped uchib, teatr maxsus orindig‘ida moybo‘yoqlar orqali gavdalantirishga harakat qiladi. Uning “Hovuz bo‘yida” asarida jazirama issiq kun oromijon hovuz bo‘yida beg‘am-betashvish hordiq chiqarayotgan ikki beg‘ubor qizaloq tasvirlangan.
“O‘zbekiston: sahrodagi avangard” Italiya sarhadlarida
Italiyada “O‘zbekiston: sahrodagi avangard” nomli keng ko‘lamli ko‘rgazma loyihasi Florensiyadagi Uffitsi galereyasining Pitti saroyida hamda Ka Foskari universitetining ko‘rgazmalar zalida o‘z ishini davom ettirmoqda.