Tarix, madaniyat va tabiatni birlashtiruvchi Egey lazzatlari
Turkiyaning yashil va moviy rangli Egey dengizi sohillari o’zining muhtasham manzarasi, chuqur ildiz otgan tarixi va sog’lom ovqatlanish madaniyati bilan e’tiborni tortadi. 2010-yilda YuNESKO O’rta yer dengizi parhezini insoniyatning nomoddiy madaniy merosi sifatida tan oldi. Ushbu qirg’oq hududlari artishok, qovoq gullari, mahalliy o’tlar va dengiz mahsulotlariga boydir. Egey mintaqasi uzoq umr siri bo’lgan asrlik zaytun daraxtlari va sog’lom zaytun moylari bilan ham mashhur. Zaytun bog’lari shu qadar ko’pki, Chanoqqal’adan Mug’laga boradigan yo’l kabi cho’zilgan bo‘lib, zaytun yetishtirish bilan kengayib borayotgan mintaqaning madaniy merosini ochib beradi. Mintaqada Yevropa Kengashi tomonidan ro’yxatga olingan Izmir va Milas «Zaytun daraxti manzillari» ning ikkita bekati sifatida ajralib turadi. Onado’lining eng qadimgi zaytun moyi ustaxonasi joylashgan Urladagi qadimiy Klazomenaidagi topilmalar bugungi kunda ham qo‘llanilayotgan zaytunni qayta ishlash usullarining 2600 yillik tarixga egaligidan dalolat beradi.
Turkiyaning Egey mintaqasi mazali zaytun moyi mahsulotlari va uning atrofidagi uzumzorlari, unumdorligi bilan ajralib turadi. So’nggi yillarda mintaqada ochilgan restoranlarda oshpazlik mo’jizalarini yaratib, yaqin atrofdagi dalalarda yetishtirilgan mahsulotlarni barqaror ishlab chiqarish usullari bilan to’g’ridan-to’g’ri dasturxonga tortadigan innovatsion oshpazlar faoliyat yuritmoqda.
Turk oshxonasi haftaligi doirasidagi xalqaro tadbirlarda taqdim etiladigan Egey taomnomasi sog’lom, barqaror, O’rta yer dengizi uslubiga e’tibor qaratilayotgan mintaqaning mo’l-ko’lligini ifodalovchi retseptlardan iborat. Taomnoma orasida Egey zaytunlari va pishloqlari, tarhana sho’rva, loviya bo‘tqasi, mujver, zaytun moyli yangi loviya, bulg‘or qalampirli do‘lma, yupqa va boshqa xamirli taomlar, karides guvech, Izmir usulubidagi qiymali katlet, sutli va quritilgan anjir shirinligi, achchiq bodom sharbati, qovun urug‘i sharbati o‘rin olgan.
Geografik ko’rsatkichli turk oshxonasi
Mintaqa va viloyatga xos noyob mahsulotlar va taomlar kombinatsiyasidan tashkil topgan Turkiyaning barqaror merosining asosini 81 viloyatning geografik ko’rsatkichli, mahalliy va sifatli taomlari tashkil etadi. Shu nuqtai nazardan, Turk oshxonasi haftaligi doirasida mahalliy tadbirlarda Turkiyaning geografik ko’rsatkichli mahsulotlarni o’z ichiga olgan taomnomalar ham taqdim etiladi.
Turkiyada Turk Patent Instituti tomonidan roʻyxatga olingan jami 2218 ta mahsulot mavjud boʻlib, ulardan 1637 tasi kelib chiqish belgisiga ega, 565 tasi geografik koʻrsatkichga ega va 16 tasi anʼanaviy maxsus kafolatlangan mahsulotlardir. Mamlakatda, shuningdek, Yevropa Ittifoqi tomonidan ro’yxatdan o’tgan 21 ta mahsulot mavjud, ular orasida Gaziantep paxlavasi, Aydin kashtani va Aydin anjiri, Bayramich beyazi (nektarning turi), Malatya o’rigi, Milas zaytun moyi, Tosh ko‘prik sarimsog‘i, Giresun yog’li fundugi, Antakya kunefesi, Suruch anori, Chag‘layanjerit yong’og‘i, Gemlik zaytuni, Edremit zaytun moyi va Edremit Ko‘rfazi yashil zaytuni, Milas zaytun moyi, Ayash pomidori, Marash tarhanasi, Ezine pishlog‘i, Safranbolu za’faronu, Aydin Memejik zaytun moyi va Araban sarimsog‘i bor.
Turli xil saqlash va pishirish texnikasi bilan yuqori sifatli, tabiiy ingredientlarni o’z ichiga olgan ajoyib gastronomik an’ana bo’lgan turk oshxonasi vegetarian va vegan parhezlari uchun ko’plab variantlarni taklif etadi.