AQSH imkoni boricha Kiyevga ATACMS ballistik raketalarini topshirish niyatida. Bu haqda AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostin maʼlum qildi.
Shu yilning 30-aprel kuni Lloyd Ostin AQSH Kongressi quyi palatasida Amerika qoʻshinlari boʻyicha qoʻmitadagi tinglovda ishtirok etdi. Tadbir davomida undan Ukraina mojaro zonasiga qancha ATACMS raketalarini yuborish rejalashtirilayotgani soʻraldi.
«Biz imkon qadar koʻproq qurol beramiz», dedi Ostin. Shu bilan birga, vazir Ukrainaga bunday yetkazib berish kelajakda ham davom etadimi yoki yoʻqligini aytmadi