Italiyalik Yevropa Parlamenti aʼzosi Janantonio da Re Yevropada halokatli Gʻarbiy Nil virusi tarqalishidan ogohlantirdi. Bu haqda uning Yevrokomissiyaga murojaatida qayd etilgan.
«Yevropa oziq-ovqat xavfsizligi boshqarmasining soʻnggi hisobotidagi statistik maʼlumotlarga koʻra, Yevropa Ittifoqida Gʻarbiy Nil virusi bilan kasallanish holatlari keskin oshgan. Xususan, 2022-yilda Yevropada u bilan eng yuqori kasallanish darajasi etildi —1133 ta holat. Bu 2021-yilga nisbatan qariyb yetti baravar koʻp», — deyiladi murojaatda.
Shu munosabat bilan deputat Yevrokomissiya qoʻyidagi savollarni yoʻlladi: Yevrokomissiya Gʻarbiy Nil virusining Yevropada tez tarqalishidan xabardormi? U qanday qilib virusning tarqalishiga qarshi kurashmoqchi?
Janantonio da Re aytishicha, virusning oʻlim va kasalxonaga yotqizish darajasi sezilarli darajada yuqori. Barcha yuqtirganlarning qariyb 87 foizi kasalxonaga yotqizilgan. U bilan zararlanganlardan 92 nafari hayotdan koʻz yumgan.
Avvalroq, Rossiyada ham Gʻarbiy Nil virusi bilan kasallanish holati aniqlangandi.
Gʻarbiy Nil virusi oʻtkir, toʻliq oʻrganilmagan isitmani keltirib chiqaradi. U chivinlar tomonidan yuqadi. Isitma asosan tropik va subtropik mintaqalarda keng tarqalgan, ammo soʻnggi paytlarda dunyoning tropik boʻlmagan mintaqalarida tobora koʻp holatlar qayd etilmoqda.