AQSH Kongressi Vakillar palatasida tayyorlangan qonun loyihasi Yaqin Sharqdagi mojaroning kuchayishi munosabati bilan Isroilni qoʻllab-quvvatlash, jumladan, Eron va uning ishonchli vakillari tahdidlariga qarshi kurashish uchun AQSH byudjetidan 26,38 milliard dollar ajratishni nazarda tutmoqda.
Qayd etilishicha, jami 26,38 milliard dollardan 4,4 milliardi Isroilga berilgan jihozlar va mudofaa xizmatlarini toʻldirishga, yana 4 milliardi havo mudofaasi zaxiralarini toʻldirishga yoʻnaltirilishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, 3,5 milliard dollar qurol sotib olishga, 2,4 milliard dollar esa AQSHning mintaqadagi joriy harbiy amaliyotlariga sarflanishi kutilmoqda. Shuningdek, 1,2 milliard dollar havo mudofaa tizimiga yoʻnaltiriladi.