Yevropa Ittifoqi Eronga qarshi sanksiyalarni kengaytirish ustida ishlamoqda — Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili

Yevropa Ittifoqi Eronga qarshi sanksiyalarni kengaytirish ustida ishlamoqda — Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili

Jozep Borrel bu haqda 16 aprel kuni kechqurun Bryusselda bo‘lib o‘tgan Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishidan so‘ng e’lon qildi.

Borrelning so‘zlariga ko‘ra, yangi cheklovlar Erondan qurol-yarog‘ eksportiga, jumladan, Ukrainaga qarshi urush olib borayotgan Rossiyaga Islom Respublikasining uchuvchisiz uchoqlar yetkazib berishiga ta’sir qiladi.

Qo‘shma Shtatlar ham Eronga nisbatan sanksiyalar kuchaytirilishini bildirdi. Bu haqida 16 aprelda AQSH prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan ma’lum qildi.

Sallivanning ma’lum qilishicha, sanksiyalar nishoni Eron Mudofaa vazirligi va “Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi” bo‘ladi. Cheklovlar, jumladan, Eronning dron va raketa dasturlariga qaratiladi.