Foto: Hasan Paydoyev, «Xalq so‘zi»
5 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev tashrif bilan mamlakatimizga keldi. Urganch xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni davlatimiz rahbari kutib oldi.
Dastlab ikki davlat prezidentlari «Xiva gilamlari» kombinatiga tashrif buyurib, Xivada gilam ishlab chiqarish jarayoni va O‘zbekiston mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdilar
Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jomart Toqayev strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, har tomonlama amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.
Muhokamalardan so‘ng Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev hamrohligida qadimgi Xivaning Ichan-qal’a majmuasi tarixiy obidalarini ziyorat qildi va shu bilan Qozog‘iston Prezidentining mamlakatimizga tashrifi yakunlandi.