Turkiyada saylovlar boʻlib oʻtdi. Mamlakatda hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi 20-yil ichida ilk bor munitsipal saylovlarda muxolifatga magʻlub boʻldi.
Muxolifatdagi Respublika Xalq partiyasi 37,7 foiz, hukmron partiya esa 35,5 foiz ovoz olgan. Anqara, Istanbul va Izmir kabi yirik shaharlarda muxolifat gʻalaba qozondi.
70 yoshli prezident Erdogʻan saylov oʻzi kutgandek oʻtmaganini tan oldi, lekin bu “biz uchun yakun emas, aksincha, burilish nuqtasi” boʻlishini aytdi.