AQSHning Merilend shtatidagi Baltimor shahrida yuk kemasi borib urilishi oqibatida uzunligi 2,5 km bo‘lgan avtomobil ko‘prigi suvga qulab tushdi. Bu haqda WSJ xabar berdi.
Singapur bayrog‘i ostidagi “Dali” kemasi ko‘prik tayanchiga urilib, yonib ketgan. Inshootning qulashi oqibatida bir necha avtomobil daryoga qulagan.
Voqeada ko‘plab qurbonlar bo‘ldi, degan xavotirlar bor. Qutqaruvchi kemalar va vertolyotlar ishtirokidagi favqulodda operatsiya darhol boshlandi. Daryoda kamida 7 kishi qidirilayotgani xabar qilingan. Ikki kishi qutqarib olindi, ulardan birining ahvoli og‘ir. Ertalab suv harorati 8 daraja issiq edi.
Ma’lumot uchun, ko‘prik 1977 yilda qurilgan va AQSH milliy madhiyasi «The Star-Spangled Banner» muallifi Frensis Skott Ki sharafiga nomlangan. Ko‘prik bo‘ylab ikki palasali pullik yo‘l o‘tgan – Nyu-York va Vashington o‘rtasidagi asosiy yo‘nalishlardan biri.