Afg‘oniston janubidagi Hilmand viloyatida avtobus, yoqilg‘i tashuvchi mashina va mototsikl ishtirokida sodir bo‘lgan YTHda 21 kishi halok bo‘ldi, 38 kishi jarohatlandi. Bu haqda viloyat yo‘l harakati boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa bugun, 17 mart kuni ertalab Hilmand viloyatining Gerashk tumanida janubiy Qandahor va g‘arbiy Hirot viloyatlari o‘rtasidagi asosiy magistralda sodir bo‘lgan.
«Mototsikl yo‘lovchi avtobusi bilan to‘qnashib ketgan, so‘ng u yo‘lning qarama-qarshi tomonidagi yonilg‘i sisternasiga borib urilgan», deya voqeani tasvirlagan Hilmanddagi yo‘l harakati boshqarmasi xodimi Qadratulloh.
Unga ko‘ra, Afg‘onistonda yo‘l-transport hodisalari, asosan, yomon yo‘l sharoiti va haydovchilarning ehtiyotsizligi tufayli tez-tez uchrab turadi. Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.