Von Geting Uels “Leyboristlar” partiyasining yangi rahbari etib saylandi va endi u mahalliy hukumatni boshqaradi. Shu tariqa Geting mamlakatda birinchi vazir lavozimini egallagan ilk qora tanli siyosatchiga aylandi.
Oʻtgan yilning dekabr oyida Uelsning amaldagi hukumat rahbari Mark Drakeford isteʼfoga chiqishini eʼlon qilgan edi. U 2024-yilning martigacha hukumat rahbari va partiya yetakchisi lavozimlarida ishlashda davom etishini aytgandi.
“Von Geting leyboristlar poygasida gʻalaba qozonganidan soʻng Uelsning navbatdagi birinchi vaziriga aylanadi. Ellik yoshli janob Geting ham bu lavozimni egallagan birinchi qora tanli va Yevropa davlatining birinchi qora tanli rahbariga aylanadi”, — deyiladi manbada.
Geting 51,7 foiz ovoz olib, yagona raqibi Uels taʼlim vaziri Jeremi Maylzni ortda qoldirgan.
Kelayotgan chorshanba kuni Uels parlamentida partiyaning yangi rahbarini birinchi vazir etib tasdiqlash uchun ovoz berish boʻlib oʻtadi.
Von Geting Zambiyada zambiyalik fermer va keyinchalik uelslik veterinar oilasida tugʻilgan. Keyinchalik ularni oilasi Buyuk Buyuk Britaniyaga koʻchib kelgan.
Universitetda boʻlajak birinchi vazir huquqni oʻrgangan hamda kasaba uyushmalari faoliyatida faol ishtirok etgan. U Uels talabalari milliy ittifoqining birinchi qora tanli raisi boʻlgan. 2008-yilda Geting Uels kasaba uyushmalari kongressining eng yosh raisi boʻladi.
2016-yildan 2021-yilgacha Geting Uels sogʻliqni saqlash vaziri boʻlgan, keyin esa mintaqa moliya vazirligini boshqargan.