Koʻrgazma Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan boʻlib, unda koʻplab kartinalarni “jonlangan” holda koʻrish mumkin.
Namoyish ashyolari sifatida Igor Savitskiy nomidagi Davlat sanʼat muzeyi sara toʻplamlariga mansub asarlar taqdim etilgan. Bu muzey kolleksiyasidagi durdona asarlardan Toshkent sarhadlaridan chiqmasdan turib bahramand boʻlishdek noyob imkoniyatdir.
Koʻrgazma 7-iyun kunigacha “OʻZEKSPOMARKAZ”ning 5-pavilyonida namoyish etiladi.