Rossiyaning Ivanovo viloyatida harbiy-transport samolyoti halokatga uchradi. Uning bortida taxminan 15 kishi boʻlgan.
Manbaga koʻra, Il-76 harbiy-transport samolyoti ekipaji yonayotgan havo kemasini turar-joy binolaridan olib ketishga harakat qilgan.
Samolyot Podtalitsi qishlogʻi yaqinida qulagan. U aerodromga yetib bormagan.
Rossiya Mudofaa vazirligi “Il-76” qulashiga munosabat bildirdi.
“Il-76 harbiy samolyoti Ivanovo viloyatida parvoz payti halokatga uchradi. Samolyot bortida sakkiz nafar ekipaj aʼzosi va yetti nafar yoʻlovchi boʻlgan”, deyiladi vazirlik xabarida.
Halokatga havoga koʻtarilish vaqtida dvigatellardan birida yongʻin chiqqani sabab boʻlgan.