Ukrainani tiklash uchun trillion dollardan koʻproq mablagʻ talab qilinishi mumkin — YIB

Ukrainani tiklash uchun trillion dollardan koʻproq mablagʻ talab qilinishi mumkin — YIB

Gʻarb davlatlari va yirik kompaniyalar rahbarlari “maxsus harbiy operatsiya” yakunlanganidan keyin Ukrainani keng koʻlamli rekonstruksiya qilishga hozirlik koʻrmoqda.

“Bloomberg” agentligining Yevropa investitsiya banki (YIB)maʼlumotlariga tayanib yozishicha, mamlakatni tiklash uchun trillion dollardan koʻproq mablagʻ talab qilinishi mumkin.

Manbada aytilishicha, bir qator xususiy investorlar allaqachon Ukrainaga sarmoya kiritmoqda. Qayd etilishicha, turk shirkatlari Ukraina shaharlarida yoʻllar va koʻpriklarni tiklamoqda.

Mutaxassislarning hisob-kitoblariga koʻra, infratuzilmani qayta qurish uchun 5-10-yil ichida taxminan 3,5 million tonna poʻlat kerak boʻladi. Xususan, Gʻarbning yirik konsernlaridan biri artilleriya oʻq-dorilari ishlab chiqaruvchi korxona tashkil etishni, yana biri qurilish materiallari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda.

Shu yilning fevral oyida Yevrokomissiya bayonotida Ukrainaning Rossiya bilan mojaro paytida vayron boʻlgan fuqarolik infratuzilmasini tiklash 453 milliard yevroga tushishi haqida bayonot bergan