Rossiya gazining Qozogʻiston orqali Oʻzbekistonga tranziti 2026-yildan boshlab toʻrt barobarga, yaʼni 11 milliard kub metrgacha oshirilishi mumkin.
Hozircha Markaziy Osiyo davlatlari soʻnggi ikki yil ichida Yevropaga yetkazib berish uzilib qolganidan keyin “Gazprom” uchun yagona yangi yoʻnalish boʻlib qolmoqda. Shu bilan birga, 2023-yilda Oʻzbekistonga yetkazib berish qiymati 1 ming kub metr uchun taxminan 160 dollarni tashkil etgan, bu Turkiya yoki Xitoyga sotish narxidan ancha past.
Qozogʻiston energetika vaziri Almasadam Satkaliyevning aytishicha, Qozogʻiston orqali Oʻzbekistonga Rossiya gazining tranziti 2026-yildan boshlab yiliga hozirgi 3 milliard kub metrdan 11 milliard kub metrgacha koʻpayishi rejalashtirilmoqda.
2023-yilning oktyabr oyidan boshlab “Gazprom” Oʻzbekistonga gazni “Markaziy Osiyo — Markaz” gaz quvurlari tizimi orqali teskari rejimda yetkazib berishni boshladi. Mamlakatlar ikki yil davomida yiliga 3 milliard kub metrgacha (yoki kuniga taxminan 9 million kub metr) eksport qilishga kelishib olgan.
“Kommersant”ning yozishicha, 2023-yilda Oʻzbekistonga yetkazib berish narxi 1 ming kub metr uchun 160 dollar atrofida boʻlgan.