AQSH prezidenti Jo Bayden kelgusi hafta boshida Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatishga umid qilayotganini aytdi.
“Milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchim menga yaqin ekanligimizni aytdi, biroq (kelishuv — tahr.) hali erishilgani yoʻq. Umid qilamanki, kelasi dushanbagacha bizda oʻt ochishni toʻxtatishga erishamiz”, dedi Bayden Nyu-Yorkda jurnalistlarga.
Gʻazo sektoridagi vaziyat 2023-yilning 7-oktyabr kuni keskinlashdi. Bunga Falastinning HAMAS harakatining harbiy qanoti tomonidan eʼlon qilingan “Al-Aqso toʻfoni” operatsiyasi doirasida Isroil hududiga yuzlab raketalar uchirilgani sabab boʻldi. Shundan soʻng tashkilot jangchilari Isroil janubidagi chegara hududlariga kirib, u yerda ham harbiy, ham tinch aholiga qarata oʻt ochgan, shuningdek, 200 dan ortiq odamni garovga olgan.
Isroil rasmiylarining soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, ushbu hujum oqibatida taxminan 1,2 ming kishi halok boʻlgan, bu raqam tinch aholi, askarlar, chet el fuqarolarini oʻz ichiga oladi. Shuningdek, 5 mingdan ortiq kishi jarohat olgan.
Bunga javoban Isroil mudofaa kuchlari Gʻazo sektorida HAMASga qarshi “Temir qilichlar” operatsiyasini boshladi. Bir necha kun ichida isroillik harbiylar Gʻazo bilan chegara yaqinidagi barcha aholi punktlarini nazorat ostiga oldi va chiziqdagi nishonlarga, jumladan, tinch aholiga havo hujumlarini boshladi. Oʻtgan yilning oktyabr oyining oxirida Isroilning anklavdagi operatsiyasining quruqlik bosqichi boshlandi.
Maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning 7-oktyabridan beri Isroilning hujumlari oqibatida Gʻazoda 29 ming kishidan ortiq odam halok boʻlgan, 70 mingdan koʻp odam jarohatlangan.