BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi Ukrainadagi har beshinchi oilada oziq-ovqat taqchilligi kuzatilayotganini maʼlum qildi.
“Hisob-kitoblarga koʻra, umuman mamlakatda har beshinchi oila oziq-ovqat tanqisligini boshdan kechirmoqda”, — deyiladi tashkilot tomonidan tarqatilgan xabarda.
Oʻz navbatida, Jahon oziq-ovqat dasturi har oy 2,4 million kishini oziq-ovqat va moliyaviy resurslar bilan taʼminlash orqali qoʻllab-quvvatlayotgani taʼkidlangan.