Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanini ingliz tiliga tarjima qilgan tarjimon Mark Ris O‘tkir Hoshimov qalamiga mansub “Dunyoning ishlari” asarining xorij tilidagi nashri ham chop etilish arafasida ekanini ma’lum qilgan.
Tarjimonning yozishicha, kitob joriy yilning 31-mart sanasidan boshlab chop etiladi. Tarjima asarni Nyu-York metrosida reklama qilish rejalashtirilgan. Kitobni imzolash esa aprel oyida Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, Ris kitobga o‘z hissasini qo‘shganlarni ham eslab o‘tgan. Ular orasida Dildora Shamuratova (rassom), Jon Campion (muharrir), Gulnoza Ismailova (muharrir), Munira Norova (muharrir), Jahongir Azimov (muharrir), Abdullo Ro‘ziyev (tarjimon) va Mark Ris (tarjimon).