Milliy qadriyatlarimizdan biri bo‘lgan silai rahm va aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot o‘rtasidagi bog‘liqlik tahlil qildi

Milliy qadriyatlarimizdan biri bo‘lgan silai rahm va aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot o‘rtasidagi bog‘liqlik tahlil qildi

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari ekonometrik yondashuv asosida milliy qadriyatlarimizdan biri bo‘lgan silai rahm va aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot (YAIM) o‘rtasidagi bog‘liqlikni tahlil qildi. To‘liq hisobotni (9.2 MB, 46 bet) bu yerda yuklab olishingiz mumkin (https://imrs.uz/public/ckfinder/userfiles/files/link/26_12_2023%2012_14.пдф).

Xalqimiz azaldan uzoq-yaqin qarindoshlar va do‘stlar orasida o‘zaro hurmat hamda ko‘makka asoslangan mustahkam rishtalarni milliy qadriyat sifatida saqlab keladi. Bu silai rahmdir.

Silai rahm iqtisodiy jihatdan ham ahamiyatli. Masalan, uning xususiyatlaridan biri – altruizmni (o‘z manfaatini ko‘zlamagan holda boshqalarga ko‘maklashish va beg‘araz yordam berish) olib ko‘raylik. Altruizmning iqtisodiy rivojlanishga ta’siri iqtisodchilar, psixologlar va sosiologlar tomonidan o‘rganilgan.

Iqtisodchilar altruizm, birinchi navbatda, adolat me’yorlari bilan bog‘liq, deb ta’kidlasa, ijtimoiy psixologlar empatiyani altruistik xatti-harakatlarning asosiy omillaridan biri, deb biladi. Bundan tashqari, altruizm insonlar orasida bir-biriga mas’uliyat hissini oshirib, daromadlarning teng taqsimlanishi va o‘zaro qo‘llab-quvvatlashning yaxshilanishiga olib keladi.

Ushbu tadqiqotda silai rahmning YAIMdagi samaradorligini baholash uchun Jahon banki ma’lumotlaridan foydalanildi. Ular 2010–2019 yillarga oid bo‘lib, 84 ta mamlakat, jumladan, O‘zbekistonni ham o‘z ichiga oladi.

Metodologiya. Tadqiqotda silai rahmning YAIMdagi samaradorligini baholash uchun proksi o‘zgaruvchi sifatida xayriya indeksidan (lnGivingIndex) foydalanildi. Shuningdek, tadqiqot natijalari yanada aniqroq bo‘lishi uchun nazorat o‘zgaruvchilari sifatida aholi soni (lnPOP), urbanizatsiya darajasi (Urban in %) va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarning YAIMga nisbati (% hisobida) (FDI) tanlab olindi.

Natijalar. Tasodifiy effektlar (random) modeli natijalariga ko‘ra, mamlakatda xayriya indeksining 1 foizga ortishi aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotning 0,2 foiz oshishiga olib keladi.

Batafsil. (https://imrs.uz/public/ckfinder/userfiles/files/link/26_12_2023%2012_14.пдф)