Rosselxoznadzor 5-fevraldan boshlab Ekvador bananlarini Rossiya Federatsiyasiga olib kirishga cheklov joriy qildi.
Avvalroq, Ekvador hukumati Rossiya va Ukrainada ishlab chiqarilgan eski harbiy texnikalarni zamonaviy Amerika qurollariga almashtirishga kelishib olgani haqida eʼlon qilgandi. Prezident Deniel Noboa mamlakatda narkotik kartellari tomonidan qurolli isyon boshlanganidan keyin shunday qarorga kelgan.