21-aprel kuni VI Toshkent xalqaro marafoni boʻlib oʻtadi. Poytaxt 5,5 mingdan ortiq yugurish sporti havaskorlarini qabul qiladi. Tadbir dasturiga 42 km klassik marafon masofasi, 21 km yarim marafon masofasi hamda 3 va 10 km masofalari kiritilgan.
Marafon arafasida “Kids Run” ommaviy yugurish musobaqasi va skandinavcha yurish boʻyicha musobaqalar ham oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Marafon umumiy sovrin jamgʻarmasi — 720 million soʻm. Shuningdek, ilk marotaba erkaklar va ayollar orasida trassa rekordi uchun asosiy mukofotlardan tashqari, bonuslar taqdim etiladi — marafon masofasi uchun 15 million soʻm va yarim marafon masofasi uchun 10 million soʻm.
Marafonda ishtirok etish uchun Perfend.com platformasida roʻyxatdan oʻtish va tanlangan masofaga muvofiq holda ishtirokchining start toʻlovini amalga oshirish kerak boʻladi. Roʻyxatdan oʻtish jarayoni 2024-yil 1-fevraldan 5-aprelgacha davom etadi.