Kosmopolit shaharda romantik uchrashuv: Istanbul
Dunyoning eng mashhur shaharlaridan biri bo’lish bilan birga, Istanbul romantik hafta oxiri uchun eng shohona va sehrli joylardan biridir. Cheksiz kashfiyot hissi bilan tashrif buyuruvchilarni maftun etuvchi Istanbul hayratlanarli landshaftlar va qadimiy tuzilmalari bilan sizni o’rab turgan yagona manzildir. Faraz qilaylik, siz va sherigingiz shaharga ilk marotaba tashrif buyurmoqdasiz. Bunday holda, siz kunni mashhur turk nonushtasi bilan boshlashni va Istanbulning o’lmas binolarini, jumladan ulug’vor Ayasofya va Sulton Ahmad masjidini, Topkapi saroyini va Yerebatan sardonini birma-bir aylanib, o‘zingiz uchun unutilmas lahzalarni kashf qilishigiz mumkin va albatta bu sizga yoqishiga ishonamiz. Siz tarixiy turk hammomida ikki kishilik SPA va hammom marosimidan bahramand bo’lishingiz va labirintga o’xshash ko’chalarda noyob tarix soyasida bir zumga ko‘zdan g‘oyib bo‘lishingiz mumkin…Sevgilingizni to‘lqinlantirish uchun Kapalicharshi bozori qa’ridan chiroyli, qo’lda ishlangan noyob hadya tuhfa qilishingiz mumkin.
- Borilishi shart bo’lgan manzil: Galataport Istanbul, shaharning yangi diqqatga sazovor joyi, hashamatli xaridlardan tortib, zamonaviy san’at ko’rgazmalarigacha bo’lgan turli tadbirlarni taklif etadi. Shaharning birinchi zamonaviy muzeyi bo’lgan Istanbul Modern, mashhur me’mor Renzo Piano tomonidan yaratilgan bu ajoyib bino qiziqarli kashfiyotlar kutmoqda.
- Tajriba: Qayiq sayohatlari ko’plab qirg’oq tumanlaridan, ayniqsa Emino‘nu, Beshiktosh va Uskudardan jo’naydi va siz Bosfor va Istanbulning muhtasham ko‘rinishini suvda ko’rishingiz mumkin. Bosfor bo’ylab yanada samimiy va qulay sayohat qilish uchun maxsus xizmatni taklif qiluvchi xususiy qayiq sayohatlari ham mavjud.
- Sinab ko’ring: Gastrocity Istanbulda siz Mishlen yulduzli restoranlarda hayratlanarli manzaralar va turk vinosi bilan birga turk va jahon oshxonasining eng yaxshi taomlarini tatib ko’rishingiz mumkin.
Ertaklar yurtida bir necha kun: Kapadokiya
Mehmonlarni noyob usulda kutib olgan Kapadokiya Turkiyaning va dunyoning eng go’zal joylaridan biri, peri bajalari va qoya tuzilmalaridan iborat o‘zgacha dunyo manzarasi hisoblanadi. Kapadokiya — bu hududning qaynoq atmosferasi, go’zal vodiylari va qorli peri bajalarining vizual bazmi tufayli er-xotinlar romantikani boshdan kechirishlari mumkin bo’lgan yagona munosib joy. Siz mintaqadagi qulay g’or mehmonxonalaridan birida o’zingizni erkalashingiz, kamin oldida issiq vino yoki turk qahvasidan bahramand bo’lishingiz va sivilizatsiya izlari qoyaga o’yilgan Kapadokiyaning mashhur yer osti shaharlarini kashf qilishingiz mumkin.
- Borilishi shart bo’lgan manzil: Turkiyaning eng go’zal trekking marshrutlari joylashgan Kapadokiya ajoyib manzaralarni taqdim etadi. Albatta mashhur Sevgi vodiysiga tashrif buyuring…
- Tajriba: Issiq havo sharlari sizga mintaqaning ajoyib manzaralarini osmondan kuzatish imkonini beradi.
- Sinab ko’ring: Mahalliy Nig’de mavisi (ko’k) va Divle obruk pishloqlari bilan birga mintaqaning Amir uzumidan tayyorlangan turk vinolarini tatib ko’rishingiz mumkin.
Issiq O’rta yer dengizi quyoshi ostida Sevishganlar kuni: Antaliya
Uzundan uzun masofalargacha cho’zilgan toza plyajlar, tarixni yorituvchi qadim shaharlar va yashilning eng go’zal soyalari bilan yaltiraydigan ajoyib tabiat… Yiliga o’rtacha 300 kun quyosh charaqlab nur sochadigan Antaliya har mavsumda jannatday. Hatto qishda ham siz O’rta yer dengizining iliq quyoshi ostida hududning tarixiy joylari, go’zal plyajlari va qadimiy xarobalari bilan tanishishingiz mumkin. Antaliya o’zining yaxshi hayoti va turli xil takliflari bilan mashhur, trekking marshrutlaridan tortib, zaytun moyi yetakchi rol o’ynaydigan O’rta yer dengizi parhezigacha. Yakkaxon sayohatchilar va oilalar uchun sifatli xizmatlarga ega hashamatli mehmonxonalar sayohatingizni keyingi bosqichga olib chiqadi.
- Borilishi shart bo’lgan manzil: Antaliya, ko’p asrlik port shahri bo’lib, siz Kaleichidan qayiq sayohatlariga chiqishingiz yoki yuqori darajadagi tajriba uchun shaxsiy yaxtani ijaraga olishingiz mumkin.
- Tajriba: Antaliyada Perge, Patara va Aspendos kabi qadimiy shaharlarni aylanib chiqishingiz va mintaqaning chuqur va qadimiy madaniyati bilan tanishishingiz mumkin.
- Sinab ko’ring: Antaliyaning zamonaviy va go’zal restoranlarida qisqichbaqalar, kalamar va sakkizoyoq kabi Antaliyaning mahalliy dengiz mahsulotlaridan tanovul qilishingiz va turk vinolaridan tatib ko’rishingiz mumkin.