Germaniya Sovuq urush tugaganidan beri birinchi marta mudofaa rejasini ishlab chiqmoqda va uning asosiy maqsadi Rossiya Federatsiyasini “jilovlash” va infratuzilma obyektlarida qoʻporuvchilik harakatlariga qarshi turishdir. Bu haqda MDR teleradiokompaniyasi mamlakat Mudofaa vazirligiga tayanib xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, Germaniya Ukrainadagi voqealarga reaksiya sifatida sovuq urushdan beri birinchi marta keng qamrovli mudofaa rejasini ishlab chiqmoqda. Unda asosiy eʼtibor Rossiyani “jilovlash”ga qaratiladi.
Taʼkidlanishicha, Germaniyaning yangi mudofaa rejasi urush sohasidagi yangi yutuqlarni hisobga oladi, shuningdek, muhim infratuzilma, dezinformatsiya va kiberhujumlarga qarshi sabotajga alohida eʼtibor qaratadi.
“Bu men Shimoliy Germaniya tekisligida zirhli jang yoki Xudo koʻrsatmasin, rus desantlarining havodan tushishini kutayotganimni англатмайди… Lekin bizning eng muhim infratuzilmamiz — portlar, koʻpriklar, energetika kompaniyalari, shubhasiz, sabotaj tahdidi ostida”, — deydi Germaniya Qurolli kuchlari hududiy qoʻmondonligi rahbari general-leytenant Andre Bodeman.
MDR maʼlumotlariga koʻra, hujjat NATOning sharqiy qanotini himoya qilishda Germaniya Qurolli kuchlarining yetakchi rolini taʼminlaydi va bu operatsiyada uning aksariyat qismi ishtirok etishini talab qiladi.
Tafsilotlari sir deb tasniflangan yuzlab sahifalardan iborat dastlabki hujjat kelasi chorshanba kuni Berlinda politsiya vakillari, fuqaro mudofaasi ekspertlari, olimlar, energetika va logistika sektori vakillari hamda NATOdagi ittifoqchilar ishtirokida muhokama qilinadi. Manbada aytilishicha, reja mart oyi oxirigacha yakunlanishi kerak.
Avvalroq “Bild” gazetasi Germaniya Qurolli kuchlarining maʼlum bir “maxfiy hujjati”ga tayanib, mualliflar taxminiga koʻra, Rossiya NATOning sharqiy qanotiga qanday hujum qilishi mumkinligi haqidagi “reja”ni eʼlon qilgan edi.
Germaniya Mudofaa vazirligi ommaviy axborot vositalarining xabarlarini izoh berib, hatto juda kutilmagan ssenariylarni ham koʻrib chiqish kundalik harbiy ishlarning bir qismi ekanligini bildirdi.
Avvalroq, Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel Rossiya hujumi ehtimoli haqida bayonot bergan bir qator yevropalik siyosatchilar va harbiy rahbarlarning xavotirli his-tuygʻularini tanqid qilgan edi.
Ushbu axborotlarga Rossiya tomoni ham izoh bergandi. Xususan, Rossiya Federatsiyasi Tashqi razvedka xizmati Sergey Narishkinning taʼkidlashicha, Gʻarb Rossiyaning NATOga hujum qilish rejalarini eʼlon qilib, Rossiyani alyans bilan toʻgʻridan-toʻgʻri qurolli toʻqnashuv ehtimoli bilan qoʻrqitishga harakat qilmoqda va Moskvani “maxsus harbiy operatsiya” maqsadlaridan voz kechishga majburlashga umid qilmoqda, ammo bu amalga oshmaydi.
Uning qoʻshimcha qilishicha, Gʻarbning bu bayonotlari axborot urushi.