Adliya vazirligi kengashining XVIII majlisi bo’lib o’tadi

Adliya vazirligi kengashining XVIII majlisi bo’lib o’tadi

#Muhim

Toshkentda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi davlatlari Adliya vazirlari kengashining 18-majlisi bo‘lib o‘tadi. Unda Belarus, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston adliya vazirlari ishtirok etadi.

Qachon: 2024-yil 17-oktabr kuni, 09:30 da

Qayerda: Toshkent shahri, International Hotel Tashkent mehmonxonasi (mo‘ljal — «Bodomzor» metro stansiyasi).

OAV vakillarini ushbu tadbirda ishtirok etish va keng yoritishda hamkorlikka chorlaymiz.

Tadbirda qatnashish uchun: 71-207-04-38 (ichki raqam — 1073, 1071) telefon raqami yoki @adliya_axborot Telegram akkaunti orqali ro‘yxatdan o‘tish so‘raladi.