Mazkur imtiyoz o‘qish uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan ta’lim kreditlarini (foizlari bilan) qoplashga nisbatan ham qo‘llaniladi.
👉 PF-67-son 11-band 08.05.2023
👉Soliq kodeksi 378-modda
Agar siz ta’lim uchun yoki olingan ta’lim kreditini (foizlari bilan) qoplash uchun mablag‘larni professional va oliy ta’lim tashkilotlariga yoki tijorat bankiga ish beruvchi tomonidan o‘tkazib berilishini va bu mablag‘laringizga soliq solinmasligini istasangiz, u holda tegishli ariza bilan ish beruvchiga murojaat etishingiz lozim. Bunda, quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak:
🔹talaba (talabalar) bilan O‘zbekiston professional yoki oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;
🔹tijorat banki bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi.
Agar siz oldingi yillarda ishlagan bo’lsangiz, shartnoma summasini o’zingiz (naqd yoki bank kartasi orqali) mustaqil ravishda to’lagan bo’lsangiz, doimiy yashash joyidagi soliq organiga jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya (https://t.me/soliqnews/12363) va quyidagi hujjatlarni topshirish orqali to’langan daromad solig’ini qaytarishingiz mumkin.
🔹talaba (talabalar) bilan O‘zbekiston professional yoki oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;
🔹tijorat banki bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;
🔹O‘zbekiston professional va oliy ta’lim tashkilotlari hisob raqamiga (ta’lim kreditini (foizlari bilan) qoplaganda tijorat banki hisob raqamiga) pul mablag‘larini mustaqil to‘laganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi.
Agar ta’lim uchun yo‘naltirilgan mablag’lar miqdori jami yillik daromaddan ortiq bo’lsa, boshqa oila a’zosi (ota/ona, er/xotin) soliq to’langan summaning qolgan qismidan olingan daromad solig‘ini xuddi shu tarzda qaytarishi mumkin. Bunda, u avval imtiyoz qo’llanilgan summa miqdori to’g’risidagi ma’lumotnoma taqdim etilishi kerak.
Agar siz va sizning oila a’zolaringiz turli hududlardagi davlat soliq organlarida ro’yxatdan o’tgan bo’lsangiz, u holda imtiyozni qo’llamoqchi bo’lgan shaxs boshqa hujjatlar bilan birga oilaning qolgan a’zolari ushbu imtiyozni hali qo’llamaganligi to’g’risida ma’lumotnoma taqdim etadi.