Gʻazo janubidagi Rafah shahriga zarbalar berdi.
HAMAS Misr va Qatar vositachiligida ishlab chiqilgan kelishuvga rozi boʻlishiga qaramasdan, Isroil Gʻazo janubidagi shaharga hujumlar davom etishini aytgan.
Kelishuv Isroil kuchlarini Gʻazodan olib chiqish, koʻchirilgan falastinliklarni uylariga qaytarish, har ikki tomon asirlarni almashishni nazarda tutgandi.
Shundan soʻng ushbu xushxabarni falastinliklar nishonlab, kuy-qoʻshiq aytishgan. Ammo Binyamin Netanyaxu idorasining maʼlum qilishicha, HAMAS tomonidan kelishilgan taklif Tel-Aviv manfaatlarini qoniqtirmaydi. Shuningdek, harbiy vazirlar mahkamasi Rafahdagi operatsiya davom ettirilishini maʼlum qilgan.
6-may kuni bir milliondan ortiq qochqinlar yashaydigan hududda hujum qoʻrquvi kuchayib borayotganligi sababli minglab odamlar shaharni tark etgan.