Oʻzbekistonning ayrim hududlarida 4-may kuni vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi

Oʻzbekistonning ayrim hududlarida 4-may kuni vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi

“Oʻzgidromet” 4-may, shanba kuni kuzatiladigan ob-havo haqida maʼlumot berdi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-17°, kunduzi 23-25° boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, kechga tomon baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 24-29° boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, kuchli boʻlishi mumkin, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 25-30° boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 20-25° boʻladi.

Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 20-25° boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 24-29° boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 24-29° boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin, baland togʻlarda qorga aylanishi mumkin. Toshkent viloyatining togʻli hududlarida (2000 m dan yuqorida) qor koʻchishi xavfi bor. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 9-14° boʻladi.