AQSH prezidenti Jo Bayden birinchi xotini va qizi 1972-yilda avtohalokatda vafot etganidan keyin u oʻz joniga qasd qilmoqchi boʻlgan.
Baydenning birinchi rafiqasi Neyliya va uning qizi Naomi 1972-yil dekabr oyida avtohalokatda halok boʻldi. Halokatda Baydenning ikki oʻgʻli Xanter va Bo tan jarohati olgan.
«Men oʻz joniga qasd qilish uchun aqldan ozish kerak emas deb oʻylagandim… Men bir zum oʻyladim, lekin ikki farzandim bor edi», deydi Bayden.
«Meni notoʻgʻri tushunmang», — davom etdi prezident oʻz joniga qasd qilish niyati yoʻqligini taʼkidlab.
Jo Baydenning yana bir farzandi Bo Bayden 2015-yilning 30-mayida 46 yoshida miya shishi tufayli vafot etgan.