O‘zbekiston Respublikasi “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyatining 2024-yili uchun ommaviy-sport tadbirlari kalendar rejasiga asosan huquqni muhofaza qiluvchi organlar (15 ta terma jamoa) o‘rtasida stol tennisi musobaqasi bo’lib o‘tdi.
Unga ko‘ra 1-o‘rin O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati,
2-o‘rin Davlat bojxona qo‘mitasi,
3-o‘rin Milliy gvardiya jamoasi hamda
4-o‘rin Ichki ishlar vazirligi
5-o‘rin Prezident xavfsizlik xizmati jamoalariga nasib etdi.