Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ekspertlari tomonidan dunyo mamlakatlarida ta’lim darajasi elektron tijoratning rivojlanishiga qanday ta’sir ko‘rsatishi o‘rganildi.
Tadqiqot davomida quyidagi natijalar olindi:
Ta’lim dunyo mamlakatlarida elektron tijorat rivojlanishining muhim omili hisoblanadi. Universitet talabalari ulushining 1 foiz punktiga (f.p.) ortishi elektron tijoratning rivojlanish indeksi o‘rtacha 0,06 birlikka oshishiga olib keladi.
Ta’limning ta’siri ayniqsa, daromadi o‘rtachadan past bo‘lgan mamlakatlar guruhida (2500 <4000) yaqqol ko‘rinadi. Ushbu guruh mamlakatlarida universitet talabalari ulushining 1 foiz punktiga oshishi, elektron tijoratning 0,24 birlikka rivojlanishiga ko‘maklashadi. Elektron tijoratning rivojlanishiga ta’lim omili bilan bir qatorda aholining real daromadlari va internetdan foydalanuvchilar ulushi (infratuzilma) ham ta’sir ko‘rsatadi.