Qonunchilikka koʻra, ilgari foydalanishda boʻlgan roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgisi (ROʻDRB) takroran foydalanish uchun berilmaydi va belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
Bundan quyidagilar mustasno:
— oshirilgan toʻlov stavkalari boʻyicha avtotransport vositalari uchun ROʻDRB;
— xaridorgir harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega boʻlgan oshirilgan toʻlov stavkasi boʻyicha avtotransport vositalari uchun ROʻDRB;
— davlat organlari va tashkilotlari uchun joriy etilgan alohida seriyali ROʻDRB.