Ilgari foydalanilgan davlat raqamlari takroran foydalanishga berilmaydi

Ilgari foydalanilgan davlat raqamlari takroran foydalanishga berilmaydi

Qonunchilikka koʻra, ilgari foydalanishda boʻlgan roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgisi (ROʻDRB) takroran foydalanish uchun berilmaydi va belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.

Bundan quyidagilar mustasno:

— oshirilgan toʻlov stavkalari boʻyicha avtotransport vositalari uchun ROʻDRB;

— xaridorgir harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega boʻlgan oshirilgan toʻlov stavkasi boʻyicha avtotransport vositalari uchun ROʻDRB;

— davlat organlari va tashkilotlari uchun joriy etilgan alohida seriyali ROʻDRB.