Yevropa Ittifoqi (YI) davlatlari Rossiya bilan uzoq muddatli keskinlikka tayyorlanishi kerak. Bu haqda Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel “Ideal” nashriga bergan maqolasida aytib oʻtdi.
Borrel Ukrainada Rossiyaning “maxsus harbiy operatsiya” boshlanganining yilligi munosabati bilan bayonot berdi. U Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlarni Ukrainaning barcha jabhalarda chidamliligini oshirish uchun xavfsizlik boʻyicha majburiyatlarni olishga chaqirdi. Yevropa rasmiysiga koʻra, Ukrainaning Ittifoqqa aʼzo boʻlishi eng yaxshi kafolatdir.
“Rossiya bilan munosabatlardagi uzoq muddatli keskinlikka tayyor boʻling”, dedi Yevropa diplomatiyasi rahbari.
Uning fikricha, Rossiya goʻyoki NATOga aʼzo boʻlgan boshqa chegaradosh davlatlarni gʻazablantirishi mumkin. Yevropa rasmiysi Yevropa Ittifoqi davlatlarini AQSHning Yevropa xavfsizligidagi ishtiroki kelajakda oʻzgarishi mumkinligini hisobga olishga chaqirdi.
Avvalroq, Borrel yaqin oylar Ukrainadagi mojaroda hal qiluvchi boʻlishini maʼlum qilgandi. U yordamni imkon qadar tezroq Kiyevga oʻtkazish zarurligini taʼkidladi.