AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) direktori Uilyam Byorns joriy yilning 15 fevral kuni AQSH moliyalashtirishning yangi miqdoriga rozi bo‘lishda muammolar yuzaga kelgan sharoitda, Ukraina rahbaryatini “tinchlantirish” uchun yashirincha Kiyevga borgan. Bu haqda kecha, 25 fevral kuni manbalariga tayanib, “The New York Times” xabar berdi.
Ba’zi Ukraina razvedka xodimlari amerikalik hamkasblaridan, agar ular muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, Markaziy razvedka boshqarmasi ularni tark etadimi yoki yo‘qligini so‘ragan.
«Bu Afg‘onistonda avval ham sodir bo‘lgan, endi Ukrainada ham bo‘ladi», deya xavotir bildirgan ukrainalik yuqori martabali zobit.
AQSH razvedkasidagi manba esa bunga javoban Qo‘shma Shtatlar ko‘p yillar davomida Ukrainaga aniq sodiqligini namoyish qilganini ta’kidlagan.
“Bu tashrif AQSH majburiyati davom etishiga yana bir kuchli signal bo‘ldi», deb tushuntiradi u.
Nashrning yozishicha, bu Byornsning so‘nggi ikki yil ichida Ukrainaga o‘ninchi tashrifi. Gazetaning ta’kidlashicha, Markaziy razvedka boshqarmasi va Ukraina razvedka xizmatlari o‘rtasida 2014 yildan beri yaqin aloqalar mavjud. Bu vaqt ichida Ukraina Kremlga qarshi kurashda Vashingtonning razvedka xizmatlari bo‘yicha eng muhim sheriklaridan biriga aylandi.
Aloqalar shu qadar mustahkamlandiki, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi boshlanganidan so‘ng, mamlakatda ishlagan Markaziy razvedka boshqarmasining ayrim xodimlari boshqa amerikalik xodimlar bilan birga evakuatsiya qilinmadi. Ular Byornsning talabiga binoan, Ukraina Xavfsizlik Xizmatidagi hamkasblarini tashlab ketmaslik uchun faqat Ukraina g‘arbidagi mehmonxona majmuasiga ko‘chib o‘tdi. Urush boshlanganidan beri Markaziy razvedka boshqarmasi rasmiylari Ukraina rasmiylariga muhim ma’lumotlarni, jumladan, Rossiya zarbalarni qayerda rejalashtirayotgani va qanday qurol tizimlaridan foydalanishi haqida muhim ma’lumotlarni taqdim etgan.