22 yoshli o‘zbekistonlik futbolchi bilan tuzilgan shartnoma 2025 yilgacha mo‘ljallangan.
O‘zbekistonlik yarim himoyachi Xojimat Erkinov Moskvaning “Torpedo” klubidan “Amirati Al-Vahda”ga o‘tdi. Bu haqda “Chempionat” xabar bermoqda .
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, 22 yoshli o‘zbekistonlik futbolchi bilan tuzilgan shartnoma 2025 yilgacha mo‘ljallangan.
Erkinov “Torpedo”da 2022 yilning iyulidan buyon o‘ynab kelmoqda. U Moskva klubi safida 24 ta o‘yin o‘tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan.
Erkinov 2023 yilning ikkinchi yarmida Toshkentning “Paxtakor” klubida ijara asosida o‘ynadi. «Torpedo» qishda futbolchini qaytarish variantini faollashtirdi.