Samarqandda spirtli ichimlik ta`sirida qurilish ob`ekti qorovulini o`ldirib qo`ygan erkakka sud hukmi o`qildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, 2023 yilning iyul oyida Samarqand tumanidagi qurilish ob`ektida qorovul 35 yoshli erkak bilan birgalikda spirtli ichimlik iste`mol qilgan. Ular o`rtasida janjal yuzaga kelgan. Natijadaa mast yigit qorovulni urib, o`ldirib qo`ygan va voqea joyidan qochib ketgan.
Oradan uch kun o`tib erkakning jasadini shu atrofda o`ynab yurgan bolalar ko`rib qoladi. Shundan so`ng bu haqda ichki ishlar organlariga xabar beriladi.
Mazkur ish bo`yicha bo`lib o`tgan sudda ayblanuvchiga Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o`ldirish) bilan 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.