Toshkentda yashil hudud kamaygan. Jumladan, moratoriy davrida 49 mingga yaqin daraxtlar noqonuniy kesilgan.
Shaharsozlik bosh rejalari tasdiqlanmasdan, qurilish ishlari betartib amalga oshirilmoqda.
Mashinalar soni. Shaharda bir kunda o‘rtacha 730 ming transport harakatlansa, qo‘shimcha ravishda 160-300 ming mashina kirib kelmoqda.
Tirbandliklar. Bunday paytda to‘xtab turgan avtomobil harakatlanayotganga nisbatan atmosferaga ko‘proq tashlama chiqaradi.
Energiya resurslariga talab ortishi ko‘mir yoqilg‘isidan foydalanish hajmi ko‘payishiga olib kelmoqda.
Issiqlik markazlarida qo‘shimcha yoqilg‘i sifatida mazutdan foydalanish ortmoqda.
Toshkent tog‘lar bilan o‘ralgan va chuqurlikda joylashgan. Shamol aylanmasligi hisobiga chang shaharda turib qoladi va tabiiy yo‘l bilan chiqib ketmaydi.