O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasida Fransiya elchixonasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Elchixonaning hamkorlik va madaniyat bo‘limi boshlig‘i janob Loran Oriol hamda texnik hamkorlik bo‘yicha mutaxassisi janob Sipriyen Lerua tashrif buyurdi.
Uchrashuvda tomonlar “Parij-2024” yozgi Paralimpiya o‘yinlari oldidan yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda o‘zbekistonlik para atletlarning Fransiyada bo‘ladigan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari va nufuzli xalqaro musobaqalarda ishtirok etishiga ko‘maklashish masalalarini muhokama qildi.
shuningdek, Paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berishicha, Loran Oriol ikki mamlakat milliy paralimpiya qo‘mitalari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini keng yo‘lga qo‘yishga yaqindan yordam berishini bildirdi.