Viloyat hokimi o‘rinbosari Bahodir Botirov Xitoyning BGI kompaniyasi vakillari bilan shu mavzuda muloqot o‘tkazdi.
BGI vise-prezidenti Terens Sion kompaniya mutaxassislari sholining maxsus navini Guandun va Guansi provinsiyalarida sinovdan o‘tkazganini ta’kidlagan.
Tajribada yuqori hosildorlik bilan birga suv va ishchi kuchini tejash borasida yaxshi natijalarga erishilgan.