Doktor Oliver Stolpe, BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Afg‘oniston, Markaziy Osiyo, Eron va Pokiston bo‘yicha mintaqaviy vakili:
Oʻzbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishdagi qat’iylik, ochiqlik va shaffoflikning ta’minlanishi, samarali jamoatchilik nazorati mexanizmlari yaxshi yoʻlga qoʻyilganini alohida ta’kidlagan bo‘lar edim.
Oʻtgan yili mamlakatingiz Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yuksak mukofotining tantanali taqdirlash marosimiga mezbonlik qildi. Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Mintaqaviy platforma ishga tushirildi.
Bu O‘zbekistondagi aksilkorrupsiya siyosatining samarasi va e’tirofidir. Prezident Shavkat Mirziyoyev ayniqsa yosh avlod ongida hallol vaksinasini singdirish muhimligini ta’kidlagan edi.
Bu borada, xususan, korrupsiyaga qarshi kurashish taʼlim dasturini ishlab chiqish va uni yoshlar orasida tatbiq qilish kerak. Tashkilotimiz bu kabi tashabbuslarni qo’llab-quvvatlash orqali o’zaro mustahkam hamkorlikni uzviy davom ettirishga tayyorligini bildiradi.