Wiki loves monuments (O’zbekiston ham xalqaro tanlovda ishtirok etadi)

O‘zbekiston “Viki yodgorliklarni sevadi” xalqaro fotosuratlar tanlovida bu yil ham ishtirok etadi

2010-yildan beri 40 dan ortiq mamlakatlar ishtirok etib kelayotgan xalqaro tanlovning maqsadi tarixiy binolar va diqqatga sazovor maskanlarni suratga olishga qaratilgan.

Shuningdek, tanlovdan koʻzlangan maqsad me’moriy yodgorliklarni asrab-avaylash, madaniy meros obyektlariga keng jamoatchilik eʼtiborini oshirish hamda sayyohlik rivojiga hissa qo‘shishdan iborat.

Xalqaro tanlov joriy yilning 1–31-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Tanlov shartlari bilan ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.