Tanlov📣

Tanlov📣

🎬Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda BMTTD korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish mavzusida qisqa metrajli filmlar uchun ssenariylar tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovda jurnalist va blogerlar, havaskor ssenarist va mualliflar, kino ixlosmandlari, umuman, ushbu illatga qarshi murosasiz kurashishga hissa qo‘shishni xohlovchi ijodkorlar ishtirok etishi mumkin.

G‘oliblarga o‘z ssenariylarini sahnalashtirish uchun grant ajratiladi.

Eng yaxshi ishlar turli media platformalar hamda korrupsiyaga oid nufuzli tadbirlar doirasida namoyish etiladi.

Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori — 10 000 AQSH dollarigacha.

📅 Arizalar 2024-yilning 23-oktyabrigacha qabul qilinadi.

➡️Tanlov shartlari bilan batafsil bu yerda tanishing.