1980-yillar oxiridagi ijtimoiy taloto‘plar bois Turistlar uyi oʻzining dastlabki funksiyasini yoʻqotib, uning maʼmuriyati festival va arthouse filmlarini namoyish etishga qayta ixtisoslashadi. Hozirda bino qayta ta’mirlash holatida bo‘lib, so‘ngra u yerda Fransiya madaniyat markazi va Madaniy meros obyektlarini tiklash markazi ochiladi. Jamoat joylari, shu jumladan, foye va teatr o‘zining asl qiyofasini saqlab qoladi, ko‘kalamzorlashtirilgan yashil hududli tomda esa tadbirlarni o‘tkazish uchun yangi pavilion paydo bo‘ladi.
“Tashkent Modernism” sayyohlik ilovasini quyidagi havola orqali yuklab olish mumkin.