Marmaris – Turkuaz marvaridi

Marmaris – Turkuaz marvaridi

Ko‘m-ko‘k, turkuaz va moviy ranglar qorishmasidan iborat nafis dengizi va qo‘l tegmagan qo’ltiqlari bilan mashhur bo‘lgan Marmaris Turkiyaning eng ko’p afzal ko‘rilgan shohona dam olish maskanlaridan biridir. Quyida siz uchun darhol borib ko‘rishni istaydigan Marmaris ko’rfazlarining ro‘yxatini keltirib o‘tamiz.

Marmarisning diqqatga sazovor joylari

Marmaris qal’asi va Marmaris muzeyi Marmarisda eng ko’p ziyorat qilinadigan joylar qatorida bo’lsa, Marmaris deyilganda Hafsa Sulton Karvonsaroyi, Haliji Ahmet Urkay muzeyi va Amos qadimiy shahri yodga tushadi. Marmarisda ko’rish kerak bo’lgan qiziqarli maskanlardan biri Baja g’ori bo‘lib, suv sportini sevuvchilar uchun eng muhim sho’ng’in joylaridan biridir. Agar siz sho’ng’in ishqibozi bo’lsangiz, Marmarisga borganingizda jihozlaringizni o’zingiz bilan olishni unutmang.

Marmaris qayerda?

Egey dengizi va O’rta yer dengizining tutashgan joyida joylashgan Marmaris Mug’la markazidan 1 soat uzoqlikda joylashgan. Marmarisga samolyotda borish uchun 1 soatlik masofada joylashgan Dalaman aeroportini tanlash kerak. Parvozingizdan keyin borishingiz kerak bo’lgan Dalaman va Marmaris o’rtasidagi masofa 90 kilometrni tashkil etadi va bu masofa shaxsiy transport vositasida o’rtacha 1,5 soat davom etadi. Istanbul va Marmaris o’rtasidagi masofa yo’lda o’rtacha 830 kilometrni tashkil qilsa, bu masofa taxminan 12 soat davom etadi.

 Kumlubuk

Marmaris qayiqlari bilan sayohat qilishingiz mumkin bo’lgan va ba’zilariga o’zingizning transport vositalari bilan tashrif buyurishingiz mumkin bo’lgan betakror qo‘ltiqlardan biri Kumlubukdir. Agar tinchlik va sokinlik sizning orzuingiz bo’lsa, bu ko’rfaz aynan siz uchun. Ko’rfazda Marmaris mehmonxonalari va xususiy korxonalar mavjud. Kumlubuk, ayniqsa, baliq restoranlari bilan mashhur.

Bo‘zburun

Bo‘zburun o‘zining  toza tabiati, tiniq dengizi va musaffo havosi bilan shahardagi gavjumlik va shovqin-surondan uzoqlashishni istaganlar uchun mukammal imkoniyat. Bo’zburunga shaxsiy avtomobilingiz yoki Marmaris qayiqlari orqali borishingiz mumkin. Serche Port, Uch Tosh, Akvaryum, Bozukkale va Direkbuku kabi Bo’zburun qo’ltiqlarini kashf qilmasdan qaytmang. Bo’zburun suv osti dunyosini sevuvchilar uchun ayni muddaodir.

Kleopatra Plyaji (Sedir oroli)

Oltin qumli plyaji va firuza dengizi bilan mashhur bo’lgan Kleopatra orolida Ellinistik va Rim davriga oid tarixiy ashyolarni ko’rish mumkin.

Injequm

Nomidan ko’rinib turibdiki, Injequm nafis qum bilan qoplangan plyaji va moviy dengizi bilan maftun qiladi. Kleopatra plyaji (Sedir oroli) qarshisida joylashgan Injequmga borish biroz qiyin, ammo bu joy sizning kutganingizga arziydi.

Bo‘rdubet

Qarag’ay daraxtlari orasiga yashiringan yana bir ko’rfaz Bo‘rdubetdir. Bu maxsus muhofaza qilinadigan hudud bo’lganligi sababli, hududda yashash imkoniyati yo’q. Bo‘rdubetda suzishdan tashqari, siz kanoeda sayohat qilishingiz, o’rmonda sayr qilishingiz va velosipedda uchishingiz mumkin.

Turunch

Turunch – Marmaris Bo’zburun yarim orolida archa daraxtlari va baland tepaliklar bilan o’ralgan qishloq. Marmaris qayiq sayohatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri bo’lgan Turunchda suzishdan tashqari, piyoda sayohat qilishingiz, safari turlarida qatnashishingiz va sho’ng’in saboqlarini olishingiz mumkin.

Selimiye qishlog‘i / Hisaro‘nu

Moviy kruiz marshrutlarining ajralmas qismiga aylangan Selimiye oxirgi paytlarda mashhur bo’lgan Hisaro‘nu ko’rfazining eng sevimli qo‘ltiqlaridan biridir. Selimiye turfa xil taomxonalari bilan ham e’tiborni tortadi. Selimiye qayiqlari bilan ikki turli yo’nalishdagi sayohatlarga qo’shilishingiz mumkin. Ushbu turlar bilan Kamellia oroli, Sevgi oroli, Benjik ko’rfazi va Tavshan orolini ko’rish mumkin.

Jennet ko’rfazi

Jennet ko’rfazi tabiat bilan o’ralgan xilvat joy qidirayotganlar uchun eng yaxshi tanlov bo’lishi kerak. Unchalik mashhur bo’lmagani uchun boshqa ko’rfazlarga qaraganda sokin deyishimiz mumkin.

Orhaniye / Kizkumu

Kizkumu, xususan, dengizdan o‘tish mumkin bo’lgan maydoni bilan mahalliy va xorijiy sayyohlarning e’tiborini o’ziga jalb qila oladi. Ayniqsa, yoz oylarida talab yuqori bo‘lgani uchun boshqa hududlarga nisbatan gavjum.

Moviy va yashilning uyg‘unlashgan, xushmanzara tabiat bilan o’ralgan Marmaris ko’rfazlaridan bahramand bo’lish uchun Dalaman aviachiptasini xarid qilishingiz mumkin.

Malohat ARTIKOVA