Turkiya Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy: Bu yilning birinchi choragini 9 million 68 ming tashrif buyuruvchi bilan yakunladik

Turkiya Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy: Bu yilning birinchi choragini 9 million 68 ming tashrif buyuruvchi bilan yakunladik

Turkiya Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy bu yilgi turizm daromadi maqsadining 60 milliard dollar ekanligini ma’lum qildi va «Yilning birinchi choragini 9 million 68 ming tashrif buyuruvchi bilan yakunladik. Ya’ni o’tgan yilga nisbatan 16,7 foiz o’sishga erishdik», – dedi.

Ersoy Turkiya Statistika Qo‘mitasi (TUIK) turizm statistikasini qayta ko’rib chiqqanini va 2022-yilda amalga oshirilgan yangilanishlar doirasida Bank kartalari markazi va tibbiyot turizmi tadqiqot natijalari integratsiyalanganligini va bu turizm statistikasida aks ettirilganligini aytdi.

Vazir Ersoy bu yilgi qayta ko’rib chiqish jarayonlarida Xavfsizlik Bosh boshqarmasidan olingan kunlik tashrif buyuruvchilar ma’lumotlaridan foydalanila boshlanganiga e’tibor qaratdi va shunday dedi: “Kirdi chiqdi amalga oshiriladigan chegara turi, ya’ni dengiz, langar, havo, quruqlik bo’yicha hisob-kitoblar batafsil yangilana boshladi. Ilgari faqat dengiz qismi birlashtirilgandi. O‘sha ma’lumotlar asosida statistik ma’lumotlar shakllantirilgan va u umumiy integratsiyada o’z aksini topgan edi. Endilikda barcha chegara qismlari kunlik kirish va chiqish tartibida tizimga kiritilmoqda. Yanada aniqroq ma’lumotlar olina boshladi”.

Uning ta’kidlashicha, ushbu tizim asosida 2012-2023 yillar oralig’ini qamrab olgan holda turizm daromadiga oid ma’lumotlar ham yangilandi, natijada kunlik tashrif buyuruvchi va tunab qolishlar sonida ham o‘zgarishlar qayd etilgan.

Malohat ARTIKOVA